Burroman
Ariza qoldirish

Maxfiylik siyosati

Hujjat yangilangan sana:

Burroman bolalar uchun arab alifbosi oʻyinidir. Bu hujjat burroman.uz saytidagi ariza formasi orqali yuborgan maʼlumotlaringiz qanday ishlatilishini tushuntiradi.

Qanday maʼlumot olamiz

Faqat formaga oʻzingiz yozgan ism va telefon raqami. Saytga kirganingizda server IP manzilingizni texnik jurnallarda saqlaydi: bu saytni ortiqcha soʻrovlardan himoya qilish va nosozliklarni aniqlash uchun kerak. Jurnallar avtomatik yangilanib, eskilari oʻchib boradi.

Nima uchun

Ariza boʻyicha siz bilan bogʻlanish uchun: operatorimiz qoʻngʻiroq qilib, oʻyin va shartlar haqida aytib beradi. Xizmatdan foydalanishga kelishsangiz, maʼlumotlaringiz xizmat koʻrsatish uchun ham ishlatiladi.

Qancha saqlanadi

Ariza maʼlumotlari yuborilgan kundan boshlab 1 yil saqlanadi va shundan soʻng avtomatik oʻchiriladi. Shifrlangan zaxira nusxalarida maʼlumotlar uzoqroq qolishi mumkin; ular faqat tizimni tiklash uchun ishlatiladi va hech kimga berilmaydi. Agar xizmatdan foydalanishni boshlasangiz, maʼlumotlaringiz xizmat shartnomasi asosida saqlanadi.

Kimga beriladi

Maʼlumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi va sotilmaydi. Qonun talab qilgan hollar bundan mustasno.

Rozilikni qaytarib olish

Rozilikni qaytarib olmoqchi yoki arizangiz oʻchirilishini istasangiz, buni operatorimizga u qoʻngʻiroq qilganda yoki keyingi istalgan qoʻngʻiroqda ayting. Operator arizangizni oʻchiradi. Ilgari olingan shifrlangan zaxira nusxalarida u qolishi mumkin; ular faqat tizimni tiklash uchun ishlatiladi.

Huquqiy asos

Maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuni asosida qayta ishlanadi.

Bosh sahifaga qaytish